"Barsa"ning titul homiysi bo'lgan Spotify klasikoga qiziqarli yurish tayyorladi. Kataloniyaliklarning liboslaridagi striming platforma nomi yozuvi o'rniga kanadalik reper Dreykning OVO kiyim brendi logotipi joylashtiriladi.
Nega aynan Dreyk? Barchasi oddiy: kanadalik Spotify'da 50 milliard marta qo'shiqlari eshitilgan birinchi ijodkor bo'ldi.
Dreykning qanaqa brendi bor?
OVO – bu Dreyk va uning do'stlari Noy Shebib (prodyuser, kanadalikning xitlarini yaratishga mas'ul) va Oliver Al Xatib asos solgan butun boshli ekotizim.
OVO – Dreyk qo'shiqlarida ishlatadigan October's Very Own'ning qisqartmasi. Oktyabr (Dreykning tug'ilgan oyi) – reper va uning atrofidagi insonlar uchun o'zgacha payt.
OVO'ning asosiy yo'nalishi – qo'shiq. Dreyk, Shebib va Al Xatib 2012 yilda xip-xop ijrochilar, masalan PARTYNEXTDOOR, Majid Jordan, Roy Woods va dvsn kabilarni o'zida jamlagan OVO Sound leyblini yaratishdi.
Dreyk sheriklari bilan OVO Sound tashkil etilishidan bir yil oldin boyqushning logotipi tushirilgan OVO Clothing kiyimlar brendini ishga tushirishdi. Brend Air Jordan va Canada Goose, shuningdek "Toronto Reptors" basketbol klubi bilan hamkorlik qildi.
Kollektsiyalardan birining reklamasida hatto NHL'ning tirik afsonasi Ueyn Grettski ham ishtirok etdi.
Dreyk – sport muxlisi. Barcha top futbol klublarining libosini kiygan va "Reptors"ga muxlislik qiladi
Dreykning hayoti sport bilan chambarchas bog'liq. Ehtimol siz kanadalikning turli futbol klublari atributikalari bilan tushgan milliontalab rasmlarini ko'rgandirsiz, shu sabab uning ko'plab glor deb aytaydi.
"Jin ursin, men shunchaki sportni sevaman! Turli jamoalarda do'stlarim bor. Ulardan g'ururlanaman. Meni diqqat bilan kuzatishni bas qiling", – deb javob qaytargandi Dreyk 2012 yildayoq.
Reper futbolga sovuqqon munosabatda bo'ladi, uning asosiy ehtirosi – basketbol. Dreyk o'zining Toronto shahri jamoasi bo'lmish "Reptors"ga juda ham qattiq muxlislik qiladi va NBA yulduzlari bo'lmish Stef Karri va Kevin Dyurent bilan yaqindan aloqa qiladi.
"Dreyk – Spotify'da 50 milliard marta qo'shiqlari eshitilgan birinchi ijodkor. "Barselona" FK libosida paydo bo'lgan birinchi ijrochi", – deb yozdi Kataloniya klubi matbuot xizmati.
Bugungi El Klasikoda uning brendini "Barsa" o'yinchilari liboslarida namoyish etishadi.
Alisher Ostonov tarjimasi
16-Oktyabr 2022,13:15