
«Barselona» Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi kechgan javob uchrashuvida (3:0) bir yo'la ikkita qanot himoyachisini yo'qotdi.
O'yinning 13-daqiqasida Jyul Kunde maydonni tark etdi va uning o'rniga Alexandro Balde tushdi. Biroq yosh ispaniyalik futbolchi ham bahsni oxirigacha etkaza olmadi — 71-daqiqada u ham jarohat olib, maydondan chiqishga majbur bo'ldi. Jurnalist Santi Ovallening xabar berishicha, har ikki futbolchining tizza osti paylari shikastlangan. Tibbiy ko'rik chorshanba kuni o'tkaziladi, ammo hozirning o'zidayoq ularning tiklanishi taxminan uch hafta vaqt olishi ma'lum.
3:0 hisobidagi g'alaba «Barselona»ga finalga chiqish uchun kifoya qilmadi. «Matraschilar» Madriddagi dastlabki bahsda qo'lga kiritilgan yirik g'alaba (4:0) evaziga ikki o'yin natijasiga ko'ra ustun kelishdi.
O'qildi: 136466 - Fikirlar: 0
O'qildi: 52306 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51416 - Fikirlar: 0





332