
Hujumchi Rasmus Xyoylund va vinger Markus Reshford, katta ehtimol bilan, kelayotgan yozda "Manchester Yunayted"ni uzil-kesil tark etadi.
Har ikki futbolchi boshqa jamoalarda ijara asosida to'p surishmoqda: daniyalik futbolchi — "Napoli"da, ingliz futbolchisi esa — "Barselona"da. Insayder Fabritsio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, "qizil iblislar" rahbariyati bo'lajak transfer oynasida Xyoylund va Reshfordning sotuvidan taxminan 80 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
"Napoli" 23 yoshli hujumchi uchun allaqachon 6 million evro to'lagan va kutilishicha, uni 44 million evroga sotib olish huquqini faollashtiradi. 28 yoshli Reshfordga kelsak, "MYu" uning sotuvidan 30 million evro olishni ko'zlamoqda — "Barselona" bilan muzokaralar davom etmoqda.
O'qildi: 136478 - Fikirlar: 0
O'qildi: 52312 - Fikirlar: 0





369