
«Barselona» Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Nyukasl»ga qarshi o'yinda Xans-Diter Flik ishonch bildirgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. «Ko'k-anorranglilar»ning qaydnomasi quyidagicha ko'rinish olgan:
Darvozabonlar: Joan Garsiya, Shesni, Kochen. Himoyachilar: Kanselu, Arauxo, Kubarsi, Martin, Erik Garsiya, Kortes, Espart. Yarim himoyachilar: Gavi*, Pedri, Fermin Lopes, Bernal, Kasado, Olmo, Markes. Hujumchilar: Ferran, Levandovski, Yamal, Rafinya, Reshford, Bardagji.
Gavi ismining yonida yulduzcha ko'rsatilgan bo'lib, pastda «tibbiy ruxsatsiz safar» degan izoh qoldirilgan. Avvalroq matbuot anjumanida Xans-Diter Flik Gavi Angliyaga borishini, ammo o'yinda ishtirok etmasligini aytgan edi. Yozdan beri maydonga tushmayotgan yarim himoyachi hali to'liq sog'aygani yo'q.
«Nyukasl» va «Barselona» o'rtasidagi uchrashuv seshanba kuni, 10 martda bo'lib o'tadi.
O'qildi: 59931 - Fikirlar: 0
O'qildi: 58036 - Fikirlar: 0





372