
Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Robert Levandovski o'z faoliyatini qaerda davom ettirishi borasidagi savollarga javob berdi. Bu haqda polshalik forvard Sky Sports nashriga bergan intervyusida ma'lum qilgan.37 yoshli futbolchining ta'kidlashicha, u kelajagi borasida yakuniy to'xtamga kelish uchun o'ziga uch oy vaqt bergan:“Kelajakda nima qilishni xohlashimni hal qilish uchun o'zimga taxminan uch oy vaqt beraman. ‘Barselona’ bizga kerakli barcha narsani taqdim etmoqda, oilam va men bu erda o'zimizni juda qulay his qilyapmiz”, deydi Levandovski.Ma'lumot uchun, polshalik hujumchining “ko'k-anorranglilar” bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning iyun oyiga qadar amal qiladi. Levandovski joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida jami 32 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 14 ta gol va bitta golli uzatma yozdirib qo'ygan.Hozirda “Barselona” Ispaniya chempionati turnir jadvalida 67 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi Madridning “Real” klubi hisobida esa 63 ochko mavjud.
O'qildi: 59931 - Fikirlar: 0
O'qildi: 58036 - Fikirlar: 0





453