
"Barselona" klubi "Strasbur"ning 20 yoshli marokashlik vingeri Jessim Yassinaning vakillari bilan muzokaralar o'tkazdi. Bu haqda Africafoot nashri xabar bermoqda.
Manbalarning qayd etishicha, futbolchi yanvar oyida Frantsiya Ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi "Dyunkerk" klubidan "Strasbur"ga o'tganidan so'ng o'z o'yini bilan e'tiborni tortgan. Yassina hozirda Evropa futbolida to'p surayotgan eng istiqbolli yosh marokashlik iste'dodlardan biri hisoblanadi. Ushbu transfer "Barselona"ning yosh o'yinchilar orasidan bo'lajak yulduzlarni izlash strategiyasiga to'la mos keladi.
Yassina "Strasbur" safida Frantsiya chempionati va Kubogi doirasida jami 7 ta o'yinda maydonga tushdi. Hozircha vinger samarali harakatlar (gol yoki pas) bilan ajralib turgani yo'q.
O'qildi: 60280 - Fikirlar: 0
O'qildi: 59940 - Fikirlar: 0
O'qildi: 58055 - Fikirlar: 0





319