
«Chelsi» vingeri Pedru Netu «Barselona»ning transfer qiziqishlari ro'yxatiga tushdi. Jurnalist Fernando Poloning xabar berishicha, «ko'k-anorranglilar» portugaliyalik futbolchining o'yinini kuzatib borishmoqda va agar kelayotgan yozda hujum qanotlarini kuchaytirish zarur deb topilsa, uni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqishlari mumkin.
Kataloniya klubi skautlari Netu haqida «juda ijobiy» hisobotlarga ega, 26 yoshli futbolchining agenti Jorje Mendesh esa sport direktori Deku va «Barsa» rahbariyati bilan faol aloqada bo'lib turibdi. Hozircha aniq muzokaralar olib borilayotgani yo'q, biroq La Liga grandi o'yinchini kuzatishda davom etmoqda.
Transfermarkt portalida Pedru Netuning bahosi 60 mln evro etib belgilangan, uning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallangan.
O'qildi: 60296 - Fikirlar: 0





348