
Markaziy himoyachi Alvaro Kortes yaqin orada "Barselona"ning asosiy jamoasida debyut qilishi mumkin. Barca Universal nashrining xabar berishicha, "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jarohatlar bilan bog'liq inqiroz fonida 20 yoshli futbolchiga imkoniyat berishga tayyor.
Kortes – chap oyoqda harakat qiluvchi markaziy himoyachi va "Barsa" ikkinchi jamoasining sardori hisoblanadi. U jismoniy jihatdan baquvvat o'yinchi sifatida ta'riflanadi. Yakshanba kuni Kataloniya grandi La Liga doirasida o'z maydonida "Sevilya"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda Chempionlar Ligasi doirasida "Nyukasl"ga qarshi o'tkazilgan o'yinda "Barselona" safida 18 yoshli o'ng qanot himoyachisi Xavi Espart debyut qilgan edi.
O'qildi: 60298 - Fikirlar: 0





302