
“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski Chempionlar Ligasi 1/8 finalida “Nyukasl” darvozasiga dubl qayd etib (7:2), musobaqa tarixidagi mutlaq rekordni o'rnatdi.37 yoshli futbolchi uchrashuvning 56 va 61-daqiqalarida gol urishga muvaffaq bo'ldi. MisterChip nashri xabariga ko'ra, ushbu gollardan so'ng Levandovski Chempionlar Ligasida turli xil jamoa darvozasini 41 marta ishg'ol qilgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi.Shu tariqa, u bu ko'rsatkich bo'yicha Lionel Messini (40 ta jamoa) ortda qoldirib, peshqadamlikni qo'lga oldi. Ro'yxatning uchinchi pog'onasida Krishtianu Ronaldu (38 ta jamoa) bormoqda.EChLda eng ko'p turli jamoalarga gol urgan futbolchilar:- Robert Levandovski — 41 ta - Lionel Messi — 40 ta - Krishtianu Ronaldu — 38 ta Eslatib o'tamiz, Levandovski EChLdagi gollarini “Borussiya Dortmund”, “Bavariya” va “Barselona” klublari safida kiritgan.
O'qildi: 88186 - Fikirlar: 0





411