«Barselona» klubi sobiq futbolchisi, ayni paytda Qatarning «As-Sadd» klubini boshqarayotgan Xavi joriy mavsum so'ngida "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyiga aylanish uchun rozilik berdi. Bu haqda "Mundo Deportivo" jurnalisti Fransesk Agilar xabar tarqatdi.Manbaga ko'ra, 40 yoshli mutaxassis kataloniyaliklar prezidenti Xosep Bartomeu tomonidan berilgan taklifni qabul qildi. Klub rahbari mutaxassisga taklif bilan chiqishdan oldin Xavining foydasiga futbolchilarning roziligini ham oldi.13 yanvar kuni Ernesto Valverde iste'foga chiqarilib, uning o'rniga Kike Seten tayinlangan edi. Uning qo'lostida «Barselona» umumiy hisobda 17ta o'yinda maydonga tushib, 11ta g'alaba, 3ta durang va 3ta mag'lubiyat qayd etdi.Hozirgi paytda "Barsa" La liga jadvalida "Real"dan 4 ochko ortda qolmoqda. Mavsum oxiriga qadar 5ta tur qoldi.
3-Iyul 2020,11:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0