
Xans-Diter Flik boshchiligidagi dastlabki 105 ta o'yinda «Barselona» raqiblar darvozasiga 298 ta to'p kiritdi. Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida kataloniyaliklar «Nyukasl»ni 7:2 hisobida mag'lub etdi.
Shu tariqa, joriy mavsumdagi barcha turnirlar doirasidagi 45 ta rasmiy o'yinda «Barselona» 124 marotaba raqiblarini ranjitdi — bu har bir bahsga o'rtacha 2,75 ta gol demakdir. Taqqoslash uchun, o'tgan 2024/2025 yilgi mavsumda «ko'k-anorranglilar» 60 ta rasmiy uchrashuvda 174 ta gol urishgan edi.
Bundan tashqari, jamoa Xosep Gvardiola davridagi sermahsullik ko'rsatkichidan o'zib ketdi. 2008/2009 va 2009/2010 yilgi mavsumlarda Gvardiola qo'l ostida «Barselona» xuddi shuncha — 105 ta o'yinda 254 ta gol kiritgandi.
Flik ish boshlagandan buyon klub Ispaniya chempionati, mamlakat Kubogi va ikki marta Superkubokni qo'lga kiritishga ulgurdi.
O'qildi: 88214 - Fikirlar: 0
O'qildi: 46404 - Fikirlar: 0





391