
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liganing bo'lajak «Rayo Valekano»ga qarshi o'yinida hujumchi Ferran Torresni asosiy tarkibda tushirishni rejalashtirmoqda.
26 yoshli futbolchi chempionatning «Sevilya»ga qarshi o'tgan bahsini zaxira o'rindig'ida o'tkazgan edi, Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Nyukasl» bilan uchrashuvlarda esa zaxiradan maydonga tushdi. Mundo Deportivo nashrining ma'lumotlariga ko'ra, hujumchi yakshanba kungi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi — u dam beriladigan Robert Levandovskining o'rnini egallaydi.
«Barselona» va «Rayo Valekano» o'rtasidagi to'qnashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi. Ferran Torres yanvar oyi oxiridan beri gol ura olmayapti — ispaniyalik futbolchining golsiz seriyasi barcha turnirlarda o'nta o'yinga etdi.
O'qildi: 88216 - Fikirlar: 0





414