
Norvegiyalik hujumchi Erling Holandning “Manchester Siti”ni tark etishi borasidagi mish-mishlar tobora jiddiy tus olmoqda. Xabarlarga ko'ra, klub ustozi Xosep Gvardiola jamoani tark etgan taqdirda, norvegiyalik hujumchi faoliyatida yangi sahifa ochish haqida jiddiy bosh qotirib ko'rishi mumkin.Biroq jurnalist Ramon Alvaresning ta'kidlashicha, xohishning o'zi etarli bo'lmasligi mumkin. Ayni damda Evropaning hech bir klubi norvegiyalik forvardni sotib olishga moliyaviy jihatdan qodir emas. Xususan, tarkibida Vinisius Junior va Kilian Mbappe kabi o'yinchilar bo'lgan Madridning “Real” klubi uchun Holandning maosh borasidagi talablarini qondirish o'ta mushkul vazifa hisoblanadi. Yana bir potentsial da'vogar — “Barselona” esa bunday yirik transfer summasini to'lay olishi dargumon. Shu bois Erling yaqin yillar ichida “Manchester Siti”ni tark etmasligi mumkin.Ma'lumot uchun, joriy mavsum 25 yoshli futbolchi “Manchester Siti” libosida jami 42 ta uchrashuvda ishtirok etib, o'z hisobiga 30 ta gol va 7 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan. Uning klub bilan shartnomasi 2034 yilga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali hujumchining qiymatini 200 million evroga baholamoqda.
O'qildi: 88218 - Fikirlar: 0





570