
Yakshanba kuni Madrid derbisi bo'lib o'tdi va unda «Real» «Atletiko»ni 3:2 hisobida mag'lub etdi. Maydon egalari Vinisius Juniorning dubli hamda Federiko Valverde tomonidan kiritilgan gol evaziga g'alabani qo'lga kiritishdi. Mehmonlar tarkibida Ademola Lukman va Nauel Molina o'z hisobiga gol yozdirib qo'yishdi.
«Matraschilar»ning bir yo'la ikki nafar futbolchisi sariq kartochkalari soni bo'yicha limitga etdi va kelgusi turda «Barselona»ga qarshi kechadigan bahsda diskvalifikatsiya sababli ishtirok eta olmaydigan bo'ldi — gap Jonni Kardozo va Markos Lorente haqida bormoqda. Kardozo derbining 27-daqiqasida ogohlantirilgan bo'lsa, Lorente 68-daqiqada sariq kartochka oldi.
«Atletiko» va «Barselona» o'rtasidagi uchrashuv terma jamoalar o'yinlari sababli yuzaga keladigan tanaffusdan so'ng, 4 aprel kuni Madridda bo'lib o'tadi.
O'qildi: 88224 - Fikirlar: 0





495