«Barsa» Ferran va Levandovski o'rtasida tanlov qildi

«Barselona» hujumchi Ferran Torresni sotish bo'yicha takliflarni ko'rib chiqadi va yozgi transfer oynasida ikkita yangi hujumchi sotib olishga harakat qiladi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.
Nashrning ma'lumotlariga ko'ra, Kataloniya klubi 37 yoshli Robert Levandovskini qo'yib yuborishdan ko'ra, Torresni sotishni afzal ko'rmoqda. «Ko'k-anorranglilar» Ispaniya terma jamoasining 26 yoshli a'zosi transferidan foyda ko'rishni umid qilishyapti.
Joriy mavsumda Torres «Barselona» safida barcha turnirlarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 50 million evroga baholamoqda.
O'xshash yangiliklar
15:50 "Madrid Madridni sevadi"
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (318/+0)
Yangiliklar (37127/+18)
UzFIFA Yangiliklari (25.03.2026)
Futbol TV Yangiliklari (25.03.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1861)
Eng ko'p o'qilgan
22-Mart
22:50
21-Mart
22:00
22-Mart
21:28
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





325