
«Barselona»ning 19 yoshli himoyachisi Pau Kubarsi o'z yoshidagi oddiy kundalik hayotda nimalar etishmayotgani haqidagi savolga javob berdi.
«Ha, shunday narsalar bor. Masalan, tinchgina joyda kechki ovqat tanovul qilish, terrasada o'tirish yoki odamlar e'tiborini tortmasdan sayr qilish kabi oddiy qulayliklarni sog'inaman. Ammo buning ijobiy tomonlari ham bor. Masalan, Ispaniya terma jamoasi yoki «Barselona» safida maydonga tushish — bu ajoyib tuyg'u», — dedi Kubarsi matbuot anjumanida.
Pau Kubarsi «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Joriy mavsumda himoyachi «ko'k-anorranglilar» safida barcha turnirlarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylandi.





311