
«Manchester Yunayted» «Barselona» markaziy hujumchisi Ferran Torresga qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» 26 yoshli hujumchini transfer qilish imkoniyatiga ijobiy qaramoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.Manba ma'lumotlariga ko'ra, mankunianlar Torresni Joshua Zirkzee o'rnini bosuvchi ehtimoliy variant sifatida ko'rib chiqmoqda. Shu bilan birga, ispan futbolchisi transferi Markus Rashfordning («Manchester Yunayted»dan «Barselona»ga ijaraga berilgan) kelajak masalasi bilan bog'liq bo'lmaydi, deb ta'kidlanmoqda.Hozirgi mavsumda Torres barcha turnirlarda 40 ta o'yinda ishtirok etib, 16 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi. Futbolchining klub bilan amal qilayotgan shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati €50 mlnni tashkil qiladi.
O'qildi: 43571 - Fikirlar: 0





348