
“Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta Ispaniya chempionatidagi hakamlik borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. El Pais nashrining xabar berishicha, klub rahbari hakamlar qarorlari ko'pincha Madridning “Real” jamoasi foydasiga chiqarilishini ta'kidlagan.Laportaning so'zlariga ko'ra, hakamlik korpusida kataloniyaliklarga nisbatan ma'lum darajada xolislik etishmaydi.“Men har doim jamoamiz raqiblardan ancha kuchli bo'lishi kerak deb hisoblaganman, chunki hakamlar bizga xayrixohlik bildirmaydi. Ularning qarorlari ko'pincha ‘Real’ga yordam berayotgandek ko'rinadi. ‘Barselona’ga nisbatan esa noto'g'ri munosabat mavjud”, deydi Joan Laporta.“Barselona” prezidenti Lionel Messining klubni tark etishi bilan bog'liq shov-shuvli voqealarga ham munosabat bildirdi. Laportaning so'zlariga ko'ra, u o'sha paytda hissiyotlarga berilmasdan, klub manfaatini ustun qo'ygan.“Men qilishim kerak bo'lgan ishni qildim. Messining qolishini istardim, ammo iqtisodiy sabablarga ko'ra bu imkonsiz edi. Leo faoliyatining yakunida edi, bizga esa yangi jamoa va avlodlar almashinuvi kerak edi. Natijalar ko'rsatib turibdiki, men haq bo'lganman: biz klub iqtisodiyotini tiklashga va raqobatbardosh jamoa tuzishga muvaffaq bo'ldik”, deydi u.Ma'lumot uchun, Ispaniya La Ligasining 29-turidan so'ng “Barselona” 73 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi “Real” hisobida esa 69 ochko mavjud. Navbatdagi turda “Barselona” o'z maydonida Madridning “Atletiko” jamoasini qabul qiladi, “Real” esa “Malorka” mehmoni bo'ladi.
O'qildi: 43571 - Fikirlar: 0





344