
«Barselona»ning sobiq futbolchisi Jerar Pike Madridning «Real» klubi o'yini haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Mashhur sobiq himoyachi «qaymoqranglilar»ning «Manchester Siti»ga qarshi bahsini yodga oldi. Alvaro Arbeloa jamoasi ikki o'yin natijasiga ko'ra 5:1 hisobida g'alaba qozonib, Chempionlar ligasining 1/4 finaliga ishonch bilan yo'l oldi.
«Real» shunday tempga kirib oldiki... Jamoa qanday futbol o'ynayotganini ham tushunmayman, lekin bu ularga g'alaba qozonishga xalaqit bermayapti. «Siti»ga qarshi javob o'yinini ko'rdim, agar raqib safida chetlatish bo'lmaganida, «Real»ning barcha 11 futbolchisi o'z darvoza to'siniga osilib olib, to'p qaytargan bo'lardi, lekin shunda ham ular baribir keyingi bosqichga chiqishardi», — deya Pikening so'zlarini Sport nashri keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi chorak finalida Madrid grandi «Bavariya» bilan to'qnash keladi.
O'qildi: 154031 - Fikirlar: 0





396