
Qozog'istonlik 13 yoshli futbolchi Karim Mendikanov faoliyatini Ispaniyaning “Barselona” klubida davom ettiradi. Bu haqda Mundo Deportivo nashriga tayanib, Sports.kz xabar berdi.2011 yilda tug'ilgan qozog'istonlik vinger kataloniyaliklar bilan rasman shartnoma imzolagan va jamoaga kelasi mavsumdan qo'shiladi.“Mendikanov Ispaniyaga 2022 yilda kelgan va Katalon futbol tizimida tahsil olgan. O'tgan mavsumda u ‘Serdanyola’ klubi safida mintaqaviy ligada debyut qilgan bo'lsa, joriy mavsum boshida ‘San-Kugat’ jamoasiga o'tib, uning etakchisiga aylandi. O'ng qanot vingeri sifatida to'p suradigan futbolchi o'zining tezligi, driblingi va golli uzatmalari bilan Ispaniya La Ligasining bir nechta klublari skautlari e'tiboriga tushgan”, deyiladi manbada.Yakunda yosh iqtidor “Barselona” taklifini qabul qilishga qaror qilgan. Ma'lum qilinishicha, Mendikanov yangi jamoasiga moslashish uchun klubning yoshlar tarkibi bilan bir nechta mashg'ulotlarni ham o'tkazgan.Ma'lumot uchun, Karim Mendikanov “Barselona” tuzilmasi bilan shartnoma imzolagan ilk qozog'istonlik futbolchi sifatida tarixga kirgan.
O'qildi: 154031 - Fikirlar: 0





405