
«Barselona» prezidenti Joan Laporta klubning transfer bozoridagi ustuvor rejalari haqida to'xtalib o'tdi.
«Biz shunchaki transfer qilish uchungina o'yinchi sotib olmasligimiz kerak — bizga faqat jamoa uchun haqiqatda zarur bo'lgan futbolchilar kerak. Biz raqobatbardosh tarkib shakllantirishga ulgurdik, shu bois hozirgi asosiy vazifamiz — tarkibni doimiy ravishda o'zgartirish emas, balki mavjud resurslarni saqlab qolish va ularni asta-sekin kuchaytirib borishdan iborat», — deya Laportaning so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Kataloniya grandi ko'plab qimmatbaho futbolchilarga qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Ular orasida Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares va Milanning «Inter» jamoasi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni nomlari tez-tez tilga olinmoqda.
O'qildi: 154040 - Fikirlar: 0





346