
«Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Rio Ferdinand hujumchi Markus Reshford «uch sherlar»ning asosiy tarkibida maydonga tushishi kerakligini ta'kidladi.
«Agar biz Jahon chempionatida muvaffaqiyatga erishishni istasak, Markus Reshford boshlang'ich tarkibda bo'lishi lozim. Hozirgi vaqtda u Angliya terma jamoasidagi eng yaxshi futbolchi. Foden, Palmer va Gordon raqib darvozasiga birorta ham aniq zarba yo'llay olishmadi. Reshford esa bor-yo'g'i 19 daqiqa o'ynab, maydonda ko'proq foyda keltirdi, buning o'zi hamma narsani aytib turibdi», — deya Ferdinandning so'zlarini keltiradi Touchline nashri.
Markus Reshford 2016 yildan buyon Angliya terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. U milliy jamoa safida jami 70 ta o'yin o'tkazib, 18 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
O'qildi: 154040 - Fikirlar: 0





346