
Transfermarkt portali dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingini yangiladi, deb xabar bermoqda Sports.kz.Ro'yxatda birdaniga uch nafar futbolchi peshqadam bo'ldi — ularning har biri 200 million evro bozor qiymatiga ega. Ular qatoriga «Barselona» vingeri Lamin Yamal, «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland hamda Madridning «Real» klubi forvardi Kilian Mbappe kirdi.Top-10 ro'yxatidan yana «Real»ning uch nafar futbolchisi, «Bavariya»ning ikki o'yinchisi, shuningdek «Barselona» va «Arsenal» vakillari o'rin oldi.Transfermarkt versiyasiga ko'ra dunyoning eng qimmat 10 futbolchisi quyidagicha ko'rinish olgan:1. Lamin Yamal («Barselona») — 200 mln evro2. Erling Xoland («Manchester Siti») — 200 mln evro3. Kilian Mbappe («Real») — 200 mln evro4. Pedri («Barselona») — 150 mln evro5. Vinisius Junior («Real») — 150 mln evro6. Jud Bellingem («Real») — 140 mln evro7. Maykl Olise («Bavariya») — 140 mln evro8. Jamal Musiala («Bavariya») — 120 mln evro9. Bukayo Saka («Arsenal») — 120 mln evro10. Federiko Valverde («Real») — 120 mln evroQayd etish joiz, reytingdagi eng yosh futbolchi 18 yoshli Lamin Yamal bo'lib, u allaqachon jahon futbolida bozor qiymati bo'yicha birinchi o'rinni bo'lishib turibdi.
O'qildi: 154050 - Fikirlar: 0





316