
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liganing 30-turidan o'rin olgan «Atletiko» Madridga qarshi bahsdagi (2:1) g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Ushbu uchrashuvda bosh hakam Mateo Buskets Ferrer VAR yordamida mehmonlar himoyachisi Xerard Martinga ko'rsatilgan qizil kartochkani bekor qildi.— Biz o'yinni nazorat qildik va uch ochkoni qo'lga kiritdik, bu eng muhimi edi. Lamin Yamal asabiylashdi, chunki u gol urish yoki hal qiluvchi pas berish imkonini qidirdi, ammo bu amalga oshmadi. Bu oddiy holat. Gol urishga uringan vaziyatlarimiz bo'ldi, juda hissiyotlarga boy o'yin kechdi.Men Xerard Martin bilan bog'liq vaziyatni takrorda ko'rmadim. Jonlida u to'pga birinchi bo'lib etib borganini ko'rdim, men uchun bu qizil kartochka emas.Ertaga Ronald Arauxo va Bernalning holatini tekshiramiz. Tibbiy ko'rik natijalari ma'lum bo'ladi. Jiddiy jarohat deb o'ylamayman. Umid qilamizki, hech qanday jiddiy muammo yo'q, — dedi Flik. Manba: Marca.30 turdan so'ng "Barselona" 76 ochko jamg'arib, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Atletiko Madrid" esa 57 ochko bilan 4-o'rinni egallab turibdi.Keyingi turda Flik jamoasi 11 aprel kuni o'z maydonida "Espanol"ni qabul qiladi. Shu kuni Diego Simeone shogirdlari safarda "Sevilya"ga qarshi maydonga tushadi.





276