
Shanba kuni «Barselona» Madridning «Real» klubi yo'l qo'ygan xatodan unumli foydalandi va La Liga chempionlik poygasidagi farqni oshirib oldi.
«Qaymoqranglilar» «Malorka»ga (1:2) imkoniyatni boy berishdi. Keyinroq «ko'k-anorranglilar» xuddi shunday hisobda «Atletiko»dan ustun kelishdi. Uchrashuv yakunlangach, jurnalistlar kataloniyaliklar ustozi Xans-Diter Flikdan «Real»ning mag'lubiyati haqida nima deb o'ylashini so'rashdi, biroq nemis mutaxassisi bunga sovuqqonlik bilan javob qaytardi.
«Men sizlarga allaqachon aytganman — bu menga qiziq emas! Boshqa jamoalar meni tashvishga solmaydi», — dedi nemis murabbiyi matbuot anjumanida.
30-turdan so'ng «Barselona» «Real»dan etti ochkoga o'zib ketdi. 8 aprel kuni Flik jamoasi yana «matraschilar» bilan to'qnash keladi — bu safar o'z uyida va Chempionlar Ligasi doirasida.





270