
"Barselona" tarkibida to'p tepayotgan portugaliyalik himoyachi Joau Kanselu kataloniyaliklarning hozirgi o'yin uslubi haqida fikr bildirdi. U bosh murabbiy Flik qo'l ostida klubda yuz bergan o'zgarishlarni qayd etdi.
"Flik bizga bosim va to'pga eng yaqin turgan o'yinchini ta'qib qilishga asoslangan nemischa uslubni singdirdi. Buning sharofati bilan siz deyarli har doim o'yin tizginini nazorat qilasiz, ammo shu bilan birga ko'proq tavakkal ham qilasiz", — deya futbolchining so'zlarini keltiradi UEFA sayti.
Kanselu, shuningdek, katta miqdordagi tavakkalchilik unga ma'qul kelishini ham ta'kidlab o'tdi. 8 aprel oqshomida "Barselona" o'z uyida UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalining dastlabki o'yinida Madridning "Atletiko" jamoasini qabul qiladi.
O'qildi: 133535 - Fikirlar: 0





327