
Madridning "Atletiko" jamoasi ustozi Diego Simeone "Kamp Nou"da qozonilgan 2:0 hisobidagi g'alaba "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tadigan javob uchrashuvi oldidan uning jamoasiga hech narsani kafolatlamasligini ta'kidladi.
"Matraschilar" 44-daqiqadan boshlab bir kishi ko'p bo'lib o'ynashdi va Xulian Alvares hamda Aleksandr Syorlotning gollari evaziga son jihatdan ustunlikdan unumli foydalanib, javobsiz ikkita to'p kiritishga muvaffaq bo'lishdi.
"Biz yarim finaldamizmi? Yo'q. "Barselona" juda kuchli va biz raqibning qanchalik mahoratli ekanini tan olish uchun etarlicha kamtarmiz. Biz yuqori motivatsiya bilan maydonga tushamiz va o'z muxlislarimiz qarshisida bor kuchimizni ishga solamiz", – dedi Simeone o'z intervyusida.
Qarama-qarshilikning hal qiluvchi bahsi 14 aprel kuni bo'lib o'tadi.
O'qildi: 133541 - Fikirlar: 0





317