
"Barselona" vingeri Markus Reshford Chempionlar ligasi chorak finali doirasida Madridning "Atletiko" jamoasiga qarshi kechgan o'yinda (0:2) hakam qo'pol xatoga yo'l qo'ygan deb hisoblaydi.
Darvozabon Xuan Musso to'pni o'yinga kiritib bo'lgan vaziyatda, himoyachi Mark Pubil jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan to'g'irlab qo'ydi. Ushbu holat "ko'k-anorranglilar"ning keskin e'tirozlariga sabab bo'ldi, biroq arbitr penalti belgilamadi.
"Bu aniq penalti edi. Bunday vaziyatlarda doimo penalti belgilanadi", – dedi Reshford CBS Sports telekanaliga bergan intervyusida.
O'sha vaziyatda kataloniyaliklar allaqachon bir kishi kam bo'lib qolishgan va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishayotgan edi. Qolgan vaqt ichida mehmonlar yana bir bor gol urishdi va "Kamp Nou"da g'alabani qo'lga kiritishdi.
O'qildi: 133541 - Fikirlar: 0





318