
Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi «Barselona» va Madridning «Atletiko» jamoalari o'rtasidagi (0:2) uchrashuv bosh hakami Ishtvan Kovachni musobaqaning joriy mavsumi oxirigacha ishdan chetlatishga qaror qildi. Tashkilot mazkur o'yinda ruminlik arbitr tomonidan bir nechta xatolarga yo'l qo'yilganini ta'kidladi. Bu haqda Sport.es xabar berdi.Shu bilan birga, Kovach 2026 yilgi jahon chempionatida ish olib borishi ta'kidlangan. Hakam nomi FIFA ro'yxatiga kiritilgan.Avvalroq «Barselona» hakamlik va VAR qarori yuzasidan UEFAga shikoyat qilganini ma'lum qilgandi. Xususan, kataloniyaliklar o'yinning 54-daqiqasida raqib futbolchisi jarima maydonida to'pni qo'li bilan o'ynagan epizodda penalti belgilanmaganini qayd etgan.
O'qildi: 133551 - Fikirlar: 0





278