
«Manchester Siti»ning norvegiyalik to'purari Erling Xoland faoliyatini «Barselona»da davom ettirishni qat'iy maqsad qilgan. Bu haqda Topskills Sports UK nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, Xoland kelgusida «Barselona» sharafini himoya qilishni istamoqda va shu sababli yozda tushadigan boshqa barcha takliflarni rad etish niyatida. Hujumchi «ko'k-anorranglilar» hozircha uning transferini moliyaviy jihatdan amalga oshira olmasligini yaxshi tushunadi, shu bois «orzusidagi transfer» 2027 yilga rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, yaqin vaqt ichida ushbu ehtimoliy kelishuv borasida yangi tafsilotlar paydo bo'ladi.
Joriy mavsumda 25 yoshli Xoland barcha turnirlarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Norvegiyalik futbolchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari hujumchining bozor qiymatini 200 million evroga baholashmoqda.
O'qildi: 133551 - Fikirlar: 0





271