
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klub uchun asosiy ustuvor vazifa Chempionlar ligasidagi g'alaba ekanini ta'kidladi.
Kataloniyaliklar EChL 1/4 finalining dastlabki uchrashuvida «Atletiko»ga imkoniyatni boy berishdi (0:2). Javob o'yini 14 aprel kuni Madridda bo'lib o'tadi.
«Albatta, La Liga bizga Chempionlar ligasida o'ynash imkonini beradigan turnirdir, biroq har bir murabbiy, futbolchi va muxlisning orzusi — Chempionlar ligasida zafar quchish va biz aynan shu maqsad yo'lida shu erdamiz.
Chempionatda o'z ishimizni bajarishimiz kerak, lekin eng asosiysi — Chempionlar ligasida g'olib bo'lish. Bu ham o'yinchilarning, ham klubning bosh maqsadidir», — dedi Flik.
Ispaniya chempionatida «Barsa» turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va «Real»dan 7 ochko oldinda bormoqda.
O'qildi: 133551 - Fikirlar: 0





268