
Madridning «Real» klubi La Liga doirasidagi o'z uy uchrashuvida «Jirona»ni mag'lub eta olmadi (1:1). Ikkinchi bo'lim davomida «qaymoqranglilar» hujumchisi Kilian Mbappe yuziga zarba qabul qilib, jarima maydonchasi ichida yiqildi, biroq hakam bu vaziyatda qoida buzilishini ko'rmadi.
«Bu shunchaki firibgarlik, Mbappega nisbatan toza penalti bor edi. Kilian to'pni o'ziga qaytarib olib, gol urishga yaqin kelganida, himoyachining yuziga tegib ketgani uchun hakam darhol hushtagini chaldi. Lekin Mbappening yuziga zarba berilganda, negadir qoida buzilishi qayd etilmadi?» — deya Madrid Zone kanali RMTV sharhlaridan iqtibos keltirmoqda.
Agar shanba kuni «ko'k-anorranglilar» «Espanol»ga qarshi derbida g'alaba qozonishsa, «Real»ning peshqadam «Barselona»dan ortda qolishi 9 ochkogacha etadi.
O'qildi: 133552 - Fikirlar: 0





267