
Paolo Di Kanio «Milan» Rafael Leau bilan xayrlashishi kerak deb hisoblaydi.
— «Milan» yana Leauga tayanishda davom etadimi?
— Bu ular jamoaviy ruh nima ekanligini haligacha tushunishmaganini anglatgan bo'lardi. Nima uchun 21 yoshida hozirgi (26 yoshidagi) holatidan kuchliroq bo'lgan futbolchi bilan shartnomani uzaytirish kerak? O'zini reperdek tutib, moda namoyishlarida yuradigan futbolchi bilan-a? U doimo jarohat oladi, tiklanishi esa juda uzoq davom etadi — buning sababi nimada ekanini kim biladi deysiz.
«Milan» usiz ham g'alaba qozonmoqda va ishonchli ko'rinmoqda — bu jipslashgan jamoa. Siz jamoani shunday asosga qurmoqchimisiz yoki o'zi xohlagan ishni qilib, yana boshini silashlarini talab qiladigan odam atrofidami? Menda bu borada hech qanday shubha bo'lmasdi, — dedi «Latsio»ning sobiq hujumchisi.
O'qildi: 133557 - Fikirlar: 0
O'qildi: 53382 - Fikirlar: 0





415