
Shanba kuni «Barselona» «Espanol» ustidan g'alaba qozondi (4:1) va La Liga turnir jadvalida Madridning «Real» klubi bilan o'rtadagi farqni to'qqiz ochkogacha oshirdi.
«Ko'k-anorranglilar» derbida zafar quchib, bir kun avval «Jirona» bilan ochko bo'lishgan (1:1) «qaymoqranglilar»ning xatosidan unumli foydalanishdi. Xans-Diter Flik shogirdlari chempionat yakuniga etti tur qolganida madridliklardan to'qqiz ochkoga o'zib ketdi.
«To'qqiz ochkolik farq — bu ajoyib, lekin hozircha bayram qilishga erta. Vazifa bajarildi deb ayta olmaymiz. Men jamoada xotirjamlikka yo'l qo'yilganini ko'tarmayman. Jamoa ruhiy jihatdan qanchalik mustahkam ekanligini ko'rsatdi va shu ruhda davom etishimiz kerak. Biz loyiq bo'lgan vaziyatdamiz va ijobiy fikrlayapmiz», — dedi kataloniyaliklar ustozi matbuot anjumanida.
Seshanba kuni «Barsa» Chempionlar ligasi 1/4 finalining javob uchrashuvida «Atletiko»ga qarshi bahs olib boradi va ikki to'p farqini yo'qqa chiqarishga harakat qiladi.
O'qildi: 133563 - Fikirlar: 0





300