
«Barselona» hujumchisi Ferran Torres Chempionlar ligasi doirasida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi kechadigan qarama-qarshilikda jamoasining muvaffaqiyat qozonishiga ishonch bildirdi.
Kataloniyaliklar chorak finalning dastlabki bahsida o'z maydonida «matraschilar»ga imkoniyatni boy berishgan (0:2). Javob uchrashuvi seshanba kuni, 14 aprel sanasida bo'lib o'tadi.
— «Atletiko» bilan bo'ladigan javob o'yinida vaziyatni o'z foydanggizga o'nglay olasizlarmi?
— Ha, albatta. Va biz buni uddalaymiz! — deya Torresning javobidan iqtibos keltirmoqda Barca Universal.
Shanba kuni Ferran dubl qayd etib, «ko'k-anorranglilar»ning chempionat doirasida «Espanol» ustidan qozonilgan yirik g'alabasiga (4:1) o'z hissasini qo'shdi.
«Barselona» — «Atletiko» juftligi g'olibi yarim finalda Londonning «Arsenal» yoki Lissabonning «Sporting» jamoalaridan biri bilan to'qnash keladi.
O'qildi: 133563 - Fikirlar: 0





333