
«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal Chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvi oldidan «Atletiko Madrid» bosh murabbiyi Diego Simeonega murojaat qildi.«O'zimni juda yaxshi his qilayapman, ertangi o'yinni intizorlik bilan kutyapman. Menda kuchli motivatsiya bor va o'yinga ta'sir o'tkazishga umid qilaman. Qaraymiz, Simeone menga “yaxshilik” qilib, biror futbolchi bilan yakkama-yakka qoldirib qo'yarmikin? Umid qilamanki, shunday bo'ladi.Men bu o'yinni intizorlik bilan kutyapman. Mavsum boshida "pubalgiya" (jarohat) sabab darajam tanqid qilinganini doim aytganman. Hozir esa aynan shunday paytlar kelyapti — haqiqiy futbolchilar aynan shu paytda namoyon bo'ladi. Ertangi bahsni sabrsizlik bilan kutyapman», — dedi Yamal.Eslatib o'tamiz, ilk uchrashuvda «Atletiko Madrid» 2:0 hisobida g'alaba qozongan.
O'qildi: 133574 - Fikirlar: 0





303