
Kataloniyaning «Barselona» klubi yulduz vingeri Rafinya Dias Chempionlar Ligasi chorak finalida Madridning «Atletiko»sidan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng aytgan gaplari uchun jazolanishi mumkin.
Mundo Deportivo nashrining xabariga ko'ra, UEFA futbolchini keyingi mavsumdagi bir nechta o'yinga diskvalifikatsiya qilishi ehtimoli bor. Bunga Rafinyaning o'yindan so'ng bergan intervyusi sabab bo'lgan. Eslatib o'tamiz, u «Barselona»ni ushbu uchrashuvda «talab ketishganini» (hakamlik nazarda tutilgan) ta'kidlagan edi.
Rafinyaning ehtirosli chiqishi UEFAning odob-axloq qo'mitasi tomonidan o'rganib chiqiladi va yaqin kunlarda yakuniy qaror e'lon qilinishi kutilmoqda. Bu kelasi mavsum Evrokuboklarga tayyorgarlik ko'rayotgan «Barsa» uchun qo'shimcha muammo tug'dirishi mumkin.





486