
«Barselona» himoyachisi Erik Garsiya Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi kechgan (2:1) javob o'yinidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi. Garchi ushbu bahsda «ko'k-anorranglilar» g'alaba qozongan bo'lsa-da, ikki o'yin natijasiga ko'ra musobaqani tark etishdi.
«Chempionlar Ligasi haqidagi orzu qo'ldan chiqdi. Bu jamoa ko'prog'iga loyiq edi va biz qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik, maqsadga juda yaqin edik, lekin o'xshamadi.
Biz yana va yana, g'olib chiqmagunimizcha qancha kerak bo'lsa, shuncha harakat qilaveramiz. Ushbu futbolchilar avlodi kubokni Barselonaga olib kelishni istaydi. Endi kuch to'plash va biz orzu qilgan La Ligada g'olib chiqish vaqti keldi», – deb yozdi Garsiya o'zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Erik Garsiya ushbu o'yinning 79-daqiqasida maydondan chetlatilgan edi.





471