
«Barselona»ning chap qanot himoyachisi Alexandro Balde bo'lajak transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Tarqalgan xabarlarga ko'ra, ispaniyalik futbolchiga «Aston Villa» qiziqish bildirmoqda. Potentsial kelishuv qiymati 50 million evroga baholanmoqda.
Jurnalist Xose Alvaresning ma'lumot berishicha, kataloniyaliklar ushbu taklifni qabul qilish ehtimoli juda yuqori. Klub Baldening sotuvidan tushgan mablag'ni o'zlarining asosiy maqsadlari — Alessandro Bastoni va Xulian Alvares transferlariga yo'naltirishni rejalashtirmoqda.
«Barselona» rahbariyati Baldega o'rinbosar sifatida «Bayer» himoyachisi Alexandro Grimaldoni tanlagan. Leverkuzenliklar a'zosini 10-12 million evro evaziga qo'lga kiritish imkoniyati mavjud.
Eslatib o'tamiz, Grimaldo «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, biroq u jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushmagan. 30 yoshli futbolchi Germaniyani tark etgach, faoliyatini La Ligada davom ettirish istagi borligini bir necha bor ta'kidlagan edi.
O'qildi: 159532 - Fikirlar: 0





301