
Hozirda ijara asosida «Barselona» safida to'p surayotgan «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshfordning kelajagi mavhum bo'lib qolmoqda.
The Sun nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, agar «Barselona» va «Manchester Yunayted» o'rtasidagi futbolchining to'liq transferi bo'yicha muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolsa, «Nyukasl» forvard bo'yicha harakat boshlashi mumkin. «Qizil iblislar» o'z tarbiyalanuvchisini taxminan 40 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
«Nyukasl» Reshford atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Bu qiziqish jamoa vingeri Entoni Gordonning kelajagi noaniq bo'lib turgani bilan bog'liq — Gordonga «Bavariya» va «Liverpul» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Agar Gordon yozda «qarg'alar» lagerini tark etsa, klub rahbariyati Reshford variantini asosiy nomzod sifatida ko'rib chiqadi.
O'qildi: 159534 - Fikirlar: 0





347