
Neymarning «Santos»dan «Barselona»ga transferi bilan bog'liq ko'p yillik sud jarayoni yakuniga etdi. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Ispaniya Oliy sudi DIS kompaniyasining apellyatsiyasini rad etib, futbolchi va Katalon klubining sobiq rahbarlarini aybsiz deb topdi.Ushbu ish 2013 yildan beri davom etib kelayotgan edi. O'sha paytda Neymar Evropaga ko'chib o'tgan, Braziliyaning DIS kompaniyasi esa o'yinchi huquqlarining 40 foiziga egalik qilgan va o'zini moliyaviy maxinatsiya qurboni deb hisoblagan.Kompaniya iddaosiga ko'ra, «Barselona», «Santos» va futbolchi oilasi transfer qiymatini ataylab past ko'rsatgan va shu orqali DIS’ga to'lanadigan ulushni kamaytirgan.Ish doirasida nafaqat Neymar, balki «Barselona»ning sobiq prezidentlari Jozep Mariya Bartomeu va Sandro Rosel ham tergov ostida bo'lgan.Biroq Ispaniya Oliy sudi Barselona provintsiya sudining avvalgi qarorini o'z kuchida qoldirib, apellyatsiyani rad etdi.
O'qildi: 159534 - Fikirlar: 0





286