
Robert Levandovskining agenti Pini Zaxavi yana Milanga kelishi kutilmoqda. Polyak hujumchisining kelajagi tez-tez «Milan» klubiga transfer qilinishi bilan bog'lanmoqda.
Shu bilan birga, Zaxavi hozirda «Milan» sharafini himoya qilayotgan Kristofer Nkunkuning ham ishlarini yuritishini unutmaslik kerak. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, Levandovskida MLS va Saudiya Arabistonidan ham takliflar mavjud.
«MLS va Saudiya Arabistonidan juda qiziqarli takliflar bor. Hozirda uning agenti barcha takliflarni, jumladan, Italiyadan bo'layotgan qiziqishlarni ham diqqat bilan tahlil qilmoqchi», — deya Romanoning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, ayni damda Robert Levandovski Kataloniyaning «Barselona» klubi a'zosi hisoblanadi.
O'qildi: 159545 - Fikirlar: 0





689