
«Barselona» yarim himoyachisi Pedrining o'yini hatto raqib jamoa muxlislarida ham hayrat uyg'otmoqda. 23 yoshli futbolchi La Liga doirasida shanba kuni «Xetafe»ga qarshi kechgan bahs (2:0) qahramonlaridan biriga aylandi — u golli uzatmani amalga oshirdi.
Barca Centre xabariga ko'ra, «Koliseum» stadioniga yig'ilgan tomoshabinlar «ko'k-anorranglilar» yarim himoyachisini tik turib olqishlaganlar. OAVda «Barsa»ning amaldagi yulduzini La Ligada umumiy hurmatga sazovor bo'lgan va boshqa jamoalar muxlislarining olqishlariga sazovor bo'lib kelgan Andres Inestaga qiyoslashdi.
Safarda «Xetafe»ni mag'lub etgan Xans-Diter Flik jamoasi chempionlikni deyarli naqd qildi: chempionat yakuniga besh tur qolganda Madridning «Real» klubi bilan oradagi farq 11 ochkogacha ko'paydi.
O'qildi: 159548 - Fikirlar: 0





881