
«Barselona» sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes Xans-Diter Flikning muvaffaqiyatlariga baho berdi.
Germaniyalik mutaxassis qo'l ostida «ko'k-anorranglilar» ichki arenada hukmronlik qilmoqda — La Ligada ketma-ket ikkinchi chempionlik qo'lga kiritilishiga oz qoldi.
«Hansi Flik istisnoviy darajadagi (ajoyib) ishni amalga oshirmoqda. O'ylaymanki, futbolchilar sovrinlar uchun muntazam kurashishga tayyor bo'lishdi. «Barselona»da Yamal, Kunde, Fermin, Pedri va Gavi timsolida keyingi o'n yillik uchun asos (o'zak) bor. Ushbu yigitlarning rivojlanishiga biz ham hissa qo'shganimizdan mamnunman», — deya Barca Times ispaniyalik mutaxassisning intervyusidan iqtibos keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Xavi 2021 yildan 2024 yilgacha Kataloniya klubini boshqargan va klub prezidenti Joan Laporta bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklar tufayli iste'foga chiqarilgan edi.
O'qildi: 159548 - Fikirlar: 0





883