
Mavsum yakunlanishiga besh tur qolganda «Barselona» La Ligada «Real»ni 11 ochkoga ortda qoldirmoqda. Kataloniyaliklar navbatdagi turdayoq chempionlik unvonini qo'lga kiritishlari mumkin. Buning uchun ular «Osasuna»ni mag'lub etishlari, «Real» esa «Espanol» bilan o'yinda ochko yo'qotishi lozim.
Agar ushbu stsenariy amalga oshmasa, u holda «Barselona» 10 may kuni bo'lib o'tadigan «el-klasiko» natijasiga ko'ra chempionga aylanishi mumkin.
Har ikkala holatda ham «Barselona» La Liga chempionlik kubogini «Real»ga qarshi o'yin yakunlanishi bilan qabul qilib oladi. Bu haqdagi ma'lumot Catalunya Radio efirida yangradi.
Shunga qaramay, «Barselona» uchun taqdirlash marosimi haqida o'ylashga hali erta. «el-klasiko»dan keyin ham Ispaniya chempioni nomi rasman aniqlanmasligi ehtimoli yo'q emas.





545