
«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski jamoa bilan navbatdagi chempionlikni qo'lga kiritishga yaqin turibdi. Polyak hujumchisi «ko'k-anorranglilar»ning «Osasuna» ustidan qozonilgan g'alabasiga (2:1) o'z goli bilan hissa qo'shdi. Agar bugun Madridning «Real» jamoasi «Espanol» bilan bahsda ochko yo'qotsa, Xans-Diter Flik shogirdlari muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirishadi.
«Bu men uchun bu erdagi to'rt yil ichida qo'lga kiritilgan uchinchi La Liga sovrini bo'ladi. Chempionlikni muxlislarimiz bilan nishonlashni intiqlik bilan kutyapman. Albatta, kelajakda ham bu tuyg'uni yana va yana his qilishni xohlardim. Oldinda yana to'rtta o'yin bor va maqsadimiz — ularning barchasida g'alaba qozonib, mavsumni 100 ochko bilan yakunlash», — dedi Levandovski DAZN telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 37 yoshli hujumchining amaldagi shartnomasi mavsum yakunida nihoyasiga etadi.
O'qildi: 50904 - Fikirlar: 0





496