
«Barselona» ustozi Xans-Diter Flik joriy mavsumda uni eng ko'p tashvishga solgan jihat nima ekanligini aytdi. «Ko'k-anorranglilar» La Liganing shanba kungi bahsida «Osasuna»ni mag'lub etib (2:1), chempionlikni deyarli naqd qilib qo'yishdi. Agar bugun Madridning «Real» klubi ochko yo'qotsa, kataloniyaliklar muddatidan oldin chempionga aylanishadi, «qaymoqranglilar» g'alaba qozongan taqdirda esa titul masalasi bir haftadan keyingi «El Klasiko»da hal qilinishi mumkin.
«Bu mavsumdagi asosiy qiyinchilik? Biz juda ko'p jarohatlarga duch kelishimizga to'g'ri keldi. Nazarimda, yangi mavsum oldidan birinchi navbatda aynan mana shu jihat ustida ishlashimiz kerak», – dedi Flik matbuot anjumanida.
Germaniyalik murabbiy 2024 yilning yozida «Barsa» boshqaruvini qo'lga olgan edi.
O'qildi: 50904 - Fikirlar: 0





480