
Ayollar o'rtasidagi Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvida «Barselona» o'z maydonida «Bavariya»ni qabul qildi. «Spotifay Kamp Nou» stadionida bo'lib o'tgan bahsda kataloniyaliklar 4:2 hisobida g'alaba qozondi.Uchrashuvning 13-daqiqasida Salma Paralyuelo hisobni ochdi. 17-daqiqada mehmonlar safidan Linda Dallman javob golini urdi. 22-daqiqada Aleksiya Putelyas «Barselona»ni yana oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'limda, 55-daqiqada Eva Payor hisobni yiriklashtirdi. 58-daqiqada Putelyas dubl rasmiylashtirdi. 71-daqiqada Pernille Xarder «Bavariya»ning ikkinchi goliga mualliflik qildi.Birinchi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan edi. Shu tariqa, «Barselona» ikki o'yin natijasiga ko'ra finalga yo'l oldi va hal qiluvchi bahsda «Lion»ga qarshi maydonga tushadi.Ayollar Chempionlar ligasi, yarim final, javob uchrashuvi3 may 2026 yil, yakshanba.«Barselona» (ayollar) — «Bavariya» (ayollar) 4:2Gollar: Paralyuelo 13', Putelyas 22', 58', Payor 55' — Dallman 17', Xarder 71'
O'qildi: 51099 - Fikirlar: 0
O'qildi: 50905 - Fikirlar: 0





437