
«Inter» prezidenti Juzeppe Marotta jamoa himoyachisi Alessandro Bastonining kelajagi borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Barselona» tomonidan qiziqish borligini inkor etmayman, biroq hozircha bu shunchaki yuzaki qiziqish xolos. Biz doimo aytganimizdek, futbolchi faqat o'zi ketish istagini bildirgan taqdirdagina jamoani tark etadi. Ayni damda u bizning o'yinchimiz, u qolishni istaydi va biz undan mamnunmiz», — deya funktsionerning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda jurnalist Fabritsio Romano.
Bastoni 2017 yildan beri «Inter» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 27 yoshli italiyalik himoyachi barcha turnirlarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining transfer qiymatini 70 million evroga baholamoqdalar.
O'qildi: 51123 - Fikirlar: 0
O'qildi: 50912 - Fikirlar: 0





511