
«Barselona» va Ispaniya terma jamoasining 18 yoshli yulduzi Lamin Yamal jarohatidan tiklanishning yangi bosqichiga o'tdi. Bu haqda Cadena SER nashri xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, hujumchi ayni damda klub qarorgohida trenajyor zalidagi mashg'ulotlar bilan birga, maydonda ham individual tarzda ishlashni boshlagan. Futbolchi 22 aprel kuni «Selta»ga qarshi bahsda tizza osti payidan jarohat olib, mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi aniq bo'lgan edi.
Yamalning asosiy maqsadi — iyun oyida Shimoliy Amerikada boshlanadigan Jahon chempionati-2026 turnirigacha to'liq safga qaytish.
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente va «Barselona» shifokorlari futbolchining tiklanish jarayonini ehtiyotkorlik bilan nazorat qilishmoqda. Rejaga ko'ra, Yamal mundialning guruh bosqichidagi dastlabki ikki o'yinni (Kabo-Verde va Saudiya Arabistoniga qarshi) o'tkazib yuborishi va uchinchi turdagi Urugvayga qarshi muhim bahsgacha 100 foiz tayyor bo'lishi kutilmoqda.
O'qildi: 51124 - Fikirlar: 0
O'qildi: 50912 - Fikirlar: 0





358